Sci Conferences

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Dilafro‘z Muminova, Mamalakatxon Mutalliyeva (Namangan, O'zbekiston) Download article

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabat tubdan o‘zgardi. Milliy qadriyatlarni tiklash, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish kun tartibidagi asosiy masaladir. “Qadriyatlar” tushunchasi o‘zining asl ma’nosiga ega bo‘lib, qadriyatlarga e’tibor va ulardan ta’lim-tarbiyada foydalanish zaruratga aylandi.
Qadriyatlar inson faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. U ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lib, inson hayoti va faoliyatida uning ehtiyojlari uchun xizmat qiladi.