BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASH
Dilafro‘z Muminova (O'zbekiston)
Download article
Mustaqillik yillarida xalqimiz barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. O‘zbek xalqi o‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondashish ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish sharafiga muyassar bo‘ldi. Mustaqil O`zbekistonning kelajagi ko`p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalashga bog`liq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun Vataniga, xalqiga, milliy ma`naviyatiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lib turibdi.
