QADIMGI BAQTRIYA
Lutfillo Mamasaidov (Namangan, O’zbekiston)
Download article
O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishganiga 23 yildan oshmoqda. Bugungi kunga kelib davlatimiz jadallik bilan jahon hamjamiyatidan qolishmaydigan darajada rivojlanmoqda.Buning uchun yurtimizda har sohada yetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib fan, ta`lim va madaniyat, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ko’plab salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, yurtboshimiz tashabbuslari bilan uzoq asrlik tarixga ega yurtimizning eng qadimgi va hozirgi madaniy, ma`naviy urf-odatlarini saqlab qolish va ularni yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Davlatimizning uzoq o’tmishi hamda boy ma`naviyatini bilish va o’rganish hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.
